Joriy yilning 8-oktabr kuni Andijon davlat universitetida yoshlarning saylov jarayonidagi faolligini oshirish, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan “Saylov va yoshlar” forumi bo’lib o’tdi.
Ushbu forumda Andijon viloyatidagi barcha oliy taʼlim muassasalaridan 300 dan ortiq talabalar ishtirok etdilar.
“Saylov va yoshlar” forumi ishtirokchilarini Andijon davlat universitetining mas’ullari ko’tarinki kayfiyatda kutib oldi. Forumning dastlabki qismi universitetning katta majlislar zalida saylov oldi seminar-trening bilan boshlandi. Ushbu seminar-treningni Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev ochib berdi va 24-oktabr kuni bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovi haqida o’zining fikrlarini aytib o’tdi. Forum doirasida Andijon viloyatining barcha OTMlari turli xil loyihalar bilan ishtirok etdi.
Forumning ikkinchi qismi bellashuvlar hamda bahs-munozaralarga boy bo’ldi. Jumladan, universitetmizning filologiya fakultetida “O’z kelajagimni o’zim belgilayman, Siz-chi?” shiori ostida insholar tanlovi bo’lib o’tdi hamda ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tomonidan “Men saylovchiman” viktorinasi tashkil etildi. Bunda Andijon viloyatidagi OTMlardan 10 tadan talaba ishtirok etib, Andijon davlat universiteti talabalari go’liblikni qo’lga kiritdi.
Shundan so’ng Axborot resurs markazida “Saylov bilimdonlari munozarasi” intellektual bellashuvi o’tkazildi.
Bundan tashqari, universitetning rasmiy telegram kanalida “Saylov huquqi” nomli online tanlov o’tkazildi. Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan talaba-yoshlar diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
Ushbu forum va jarayonlarni o’tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni saylov jarayonidagi faolligini oshirish, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish hamda kelgusi rejalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI