Andijon Davlat
Universiteti
YOSHLARNI ILMIY FAOLIYATGA KENG JALB ETISH
2021-10-14    628

Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 22-maydagi 313-son qarori asosida ilmiy-texnik, innovatsion xamda “Startap” loyixalarini amaliyotga joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchi va talabalarini jalb qilish belgilab qo‘yilgan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda viloyatdagi o‘z g‘oyalariga ega faol yoshlarni kashf etish maqsadida joriy yilning 13-oktabr kuni Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida “Axborot texnologiyalarining zamonaviy yutuqlari hamda taraqqiyoti”  mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir doirasida Andijon yoshlar texnoparki direktori A.Yakubov oliy ta’limi tizimi bilan hamkorlikda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar hamda texnoparkda yaratilgan sharoitlar haqida ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi. Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor M.Maxkamov so‘zga chiqib, Andijon Davlat Universitetida faoliyat olib borayotgan mutaxassis o‘qituvchilar bilan ilm-fan bo‘yicha ish tajribalari hamda axborotlar almashish takliflarini berib o‘tdi.

Shuningdek, Andijon yoshlar texnoparki hamda Andijon Davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumga asosan hamkorlikda “Ilmiy-amaliy” mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari va Respublika miqiyosida ilmiy anjumanlar tashkil etish va o‘tkazish, iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha innovatsion loyihalarni saralash hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltirish bo‘yicha kelishib olindi.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.