Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida talabalarning faol ishtirokini taʼminlash, saylovga oid bilimlarini rivojlantirish hamda ularga vatanimiz ravnaqi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yetkazish maqsadida joriy yilning 13-oktabr kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Saylov-2021: "Kelajaging uchun ovoz ber!" shiori ostidagi "Targ'ibot" guruhi o'z loyihalarini Andijon davlat universitetida boshladi.
Tashrif buyurgan mehmonlarni universitetimiz talabalar qizg'in kutib oldilar.
Ko‘tarinki ruhda boshlangan tadbirni dastlab universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori A'zamjon Hamraqulov ochib berdi.
Shundan so‘ng ''Targ‘ibot" guruhi sardori Zayniddin Shamsiddinov tomonidan talaba atamasiga to'xtalib, talabalarning fikri bilan o'rtoqlashdilar.
Tadbir noan'anaviy tarzda bo'lib o'tdi. Darslarda faol siyosiy bilimlarini sinovdan o'tkazishni istagan 10 nafar ko'ngilli yoshlar viktorinada ishtirok etdi.
Saylov jarayonlariga oid ilk vikotorinada universitetimizning 3 nafar ishtirokchisi g'olib deb topildi.
Go'zal kuy qo'shiqlardan so'ng , Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va O‘zbekiston davlat san'at va ma'daniyat instituti talabalari tomonidan saylov huquqining prinsiplari saylov kodeksining yaratilishi va uning asoslari haqida ma'ruzalar olib bordilar.
Ushbu tadbir talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga katta hissa qo'shdi. Talabalar o'ziga kerakli ma'lumotlar oldi hamda xulosalar chiqardi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI