Andijon Davlat
Universiteti
ULUG'BEK TASHKENBAYEVNING UNIVERSITETIMIZGA TASHRIFI
2021-10-12    653

Bugun, 12-oktabr kuni Andijon davlat universitetida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Andijon viloyatidagi uzluksiz taʼlim tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan seminar oʻtkazildi.

Ishchi guruh tomonidan saylanma tarzda viloyatdagi maktabgacha, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar maktablari, kollej, texnikum va oliy taʼlim muassasalarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taʼlim muassasalari rahbarlariga amaliy va uslubiy yordamlar koʻrsatildi.

Mazkur masala Andijon davlat universitetida taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Seminar yigʻilishida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Tashkenbayev Ulugʻbek Negmatovich, Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari Shukurov Oʻtkirbek Ilhamovich, Oliy taʼlim muassasalari rektorlari, maktabgacha ta'lim, xalq taʼlimi, kasbiy taʼlimni rivojlantirish boshqarmasi boshliqlari, xalq taʼlimi xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash hududiy markazi direktori, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli boshqarma boshliqlari, boʻlim boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev uzluksiz taʼlim tizimida amalga oshirilgan ishlar bilan birga yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, Ulug‘bek Tashkenbayev universitetdagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy laboratoriyasida bo‘ldi va ushbu laboratoriyada faoliyat olib borayotgan doktorantlar bilan suhbatlashdi, ularning ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari bilan tanishdi hamda kelgusidagi ishlar yuzasidan kerakli ko‘rsatmalar berdi.

Shundan so‘ng universitetda mavjud Qatagʻon qurbonlari davlat muzeyi hamda zoologiya muzeylarida bo‘ldi hamda muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdi va ijobiy fikrlar bildirdi. Kelgusida muzey faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida tavsiyalar berdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.