Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universiteti qoshidagi akademik litsey professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari uchun “Korrupsiya va uning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
2021-10-09    1435

Joriy yilning 9-oktyabr kuni Andijon davlat universitetining korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Akbarov, universitet huquqshunosi M.Sodiqova hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Botirovlar ishtirokida universitet qoshidagi akademik litseyning professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o‘rtasida “Korrupsiya va uning oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida dastlab litsey direktori so‘z olib, har bir oliy ta’lim muassasasi tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi bo‘lim ochilganini aytib, bugungi o‘tkazilayotgan yig’ilish ham universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tashkil qilinganini ta’kidladi.

Universitet huquqshunosi M.Sodiqova, avvalo, barchani yangi o‘quv yili boshlangani bilan tabrikladi. Hozirgi kunda o‘tkazilayotgan barcha yig’ilishlarda va davra suhbatlarida korrupsion holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ma’lumotlar berib borilayotganini aytib, bugungi yig’ilish ham korrupsion holatlarning oldini olishga bag’ishlanishini aytib o‘tdi. Yildan-yilga bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar amalga oshirilayotganini aytib, litseyning qabul imtihonlari ham bu yil davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgani bu esa korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha juda katta qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilganini ta’kidladi. Bundan tashqari, talabalar reyting daftarchasi va jurnalini elektron shaklga o‘tkazilishi ham korrupsion holatlarni kelib chiqmasligi uchun muhim omillardan biri bo‘lishini uqtirdi. Korrupsiya so‘ziga to‘xtalib, “Korrupsiya” lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “aynish, chirish” degan ma’nolarni bildirishini aytdi. Korrupsiya holatlari kuchayib ketgan davlatlarda boshqaruv tizimini izdan chiqaradi, u ko‘rinmas kuchga o‘xshashligini uqtirdi. Har bir ta’lim muassasalarida korrupsiya to‘g’risida yig’ilishlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda, sababi oliy ta’limda ham boshqaruv tizimini izdan chiqarishi va mehnat intizomiga putur yetishi mumkinligini ta’kidladi. Korrupsion holatlar tarixiga nazar tashlasak, ana shu zamonlarda ham qabila boshliqlariga ma’lum bir ishlarni amalga oshirish uchun turli xil sovg’a-salomlar berilgani tarixiy adabiyotlarda uchraydi. Bu ham korrupsiyaning ilk ko‘rinishi sifatida e’tirof etilishini aytdi. Akademik litseyda ham bunday holatlarga duch kelish mumkin. O‘qituvchi o‘tilgan darsini vaqtida jurnalga yozishi va talabalarning haqiqiy bilimini inobatga olib, odilona baholashi kerak, ya’ni shaxsiy manfaatdorlik evaziga yaxshi baho qo‘ymaslik kerakligini uqtirdi.

  Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Akbarov so‘z olib, universitet qoshidagi akademik litsey, universitetga biriktirilgan Shahrixon, Xonobod va Izboskan texnikumlarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar va ishchi xodimlari bir oila ekanini ta’kidladi. 2020-yil Prezidentimiz tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Bir yildan so‘ng Prezidentimiz qarorlariga asosan har bir tizimda, barcha vazirliklarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari tashkil etildi. Shundan so‘ng har bir oliy ta’lim muassasasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug’iga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari ochilganini aytib o‘tdi. Universitetda ham korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashkil etilgani to‘g’risida ma’lumot berdi. Bugungi yig’ilishimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad, bir jamoa ekanligimizni inobatga olib, jamoada sodir bo‘layotgan voqealardan xabardor bo‘lish va bunday holatlarning oldini olish kerakligini aytib o‘tdi. Bizning bo‘limga vazirlikdan va viloyat tashkilotlaridan beriladigan topshiriqlarni yetkazish uchun targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borilishini uqtirdi. Bugungi yig’ilishimizdan kerakli xulosa chiqarib, ish faoliyati jarayonida korrupsion holatlarga aralashib qolmaslik kerakligi va bunday holatlarga duch kelinsa, albatta, universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga murojaat qilishlari mumkinligini aytib o‘tdi.

 Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Botirov so‘z olib, hozirgi kunda bo‘layotgan o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratilishini aytib, o‘qituvchilarning obro‘-e’tiborini yuksaltirish, ularga qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish, ularning maoshlarini ko‘tarish borasida tizimli ishlar olib borilayotganini aytib o‘tdi. Shunday sharoitlarni inobatga olib, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini, bundan buyon bu holatlar bilan qo‘lga tushgan xodim ishdan bo‘shatilishi va qaytadan ishga tiklanmasligini uqtirib o‘tdi.

Abdukarim Akbarov
Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.