Andijon Davlat
Universiteti
SAHOBIDDIN SAIDJONOV 70 YOSHDA
2021-10-09    517

Inson umri, odatda, uning qanchaligi bilan emas qanday o‘tganligi bilan sarhisob qilinadi. 70 yosh esa umrning eng yetuk pallasi hisoblanadi. Bugun, 9-oktabr kuni jismoniy tarbiya va sportning jonkuyarlaridan biri, umrini sohasiga bag‘ishlagan, qadrli ustoz Sahobiddin G‘oziyevich Saidjonov navqiron 70 yoshni qarshi olmoqda.

Sahobiddin Saidjonov 1951-yil 10-oktabr kunida Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida Saitjon aka va Ma’rifatxon opalarning xonadonida, ziyoli oilada dunyoga keldi. Tabitan ilmga intiluvchan, tengdoshlari orasida o‘zining aql-u zakovati, o‘tkir zehni, odob-axloqi, mehnatsevarligi, ilm-ma’rifatga va sportga muhabbati bilan alohida ajralib turardi.

Shunday qutlug’ kunda ustozni tabriklash uchun universitet rektori Akramjon Yuldashev jismoniy madaniyat fakultetida bo'ldi hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi va fakultet jamosi nomidan Sahobiddin Saidjonovga esdalik sovg’alarni topshirdi va samimiy qutladi.



Qadrli Sahobiddin G‘oziyevich Saidjonov! Sizni bugun 70 yoshlik shukrona yoshingiz bilan ahil jamoamiz nomidan samimiy muborakbod etishga ruxsat bergaysiz. Sizga uzoq va xayriyatli umr, mustahkam salomatlik, tinchlik, xotirjamlik, oilaviy farovonlik, farzandlaringiz va nabiralaringizning baxt-u saodatini ko‘rib yurish nasib etishini Yaratgandan tilab qolamiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.