Joriy yilning 7-8 oktabr kunlari Fransiyaning Yevropa va Tashqi ishlar vazirligi Oliy ta’lim va tadqiqotlar boshqarmasining universitetlararo ilmiy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Martin Russel xonim boshchiligidagi delegatsiya “O‘zbekiston – Fransiya oliy ta’lim muassasalari forumi”da ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Forumda ikki davlat elchixonasi vakillari, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullari, ikki davlat oliy ta’lim muassasalarning rektorlari, soha prorektorlari, ta’lim sohasidagi mutaxassislar ishtirokida forum bo’lib o’tdi. Ushbu forumda Fransiyaning 12 nafar OTMlari va o‘quv markazlari rahbarlari, Respublikamizdan 25 nafar yetakchi OTM vakillari ishtirok etdilar. Andijon davlat universiteti vakili sifatida universitetimiz o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor Rustamjon Mullajonov va xalqaro xamkorlik bo‘limi boshlig‘i Farhodbek Alimovlar forumda ishtirok etdilar.
So‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari barcha sohada, xususan, oliy ta’lim sohasida ham chuqurlashib borayotganini alohida e’tirof etish mumkin. Forumda ikki davlat ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik, qo‘shma dasturlar tashkil etish, har ikki tomonning ta’lim tizimidagi islohotlar yuzasidan fikr almashildi. “O‘zbekiston – Fransiya oliy ta’lim muassasalari forumi” doirasida oliy ta’lim tizimida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro aloqalar olib borish maqsadida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan memorandumlar imzolandi.
Forumda Andijon davlat universiteti taqdimoti bo‘lib, unda Fransiya OTMlariga hamda Fransiya ta’lim markazlariga Andijon davlat universiteti haqida to‘liq ma’lumot berildi. Forumning ikkinchi kuni Andijon davlat universiteti hamda Fransiyaning Tuluza universiteti, Bordo Universiteti va Portyuare universiteti vakillari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Muzokara natijasida universitetning aniq fanlar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, yosh ilmiy tadqiqotchilarni “El-yurt jamg‘armasi” tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim grantlarida Fransiya OTMlariga yuborish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari Fransuz tilini o‘qitishni takomillashtirish hamda zamon talabiga javob beruvchi kadrlarni tayyorlashda Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi Andijon davlat universitetiga 2022-yilning mart oyidan Fransuz tili bo‘yicha mutaxassis yuborishini ma’lum qildi.
Fransiya OTMlari bilan Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi bo‘yicha grant loyihalar tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi. Buning natijasida 2022-yilning yanvar oyida grant loyihalar tanloviga Bordo universiteti “Fransuz tili bo‘yicha magistrlar tayyorlash” grant loyihasiga bosh kordinator OTM sifatida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturida Andijon davlat universiteti bilan qo‘shma grant loyiha tayyorlash rejalashtirildi.
Fransiya oliy ta’lim muassasalari bilan Andijon davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik kelajakda Andijon davlat universiteti talabalarini, magistr hamda yosh ilmiy tadqiqotchilarini Yevropa chiqish yo‘llarini ochib beradi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI