Andijon Davlat
Universiteti
YOSH DASTURCHILAR UCHUN O‘QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI
2021-10-06    971

So‘nggi paytlarda yurtimizda dasturchilik sohasiga doir ko‘plab ko‘zga ko‘ringan ajoyib yangiliklar, loyihalar va tanlovlar ishlab chiqilmoqda. Dasturchilik bu “kelajak” kasbi ekanligini deyarli barchamiz bilib oldik. Biz axir axborot texnologiyalari asrida yashab kelmoqdamiz. IT sohasida katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda, asosiy maqsad esa yangi malakali mutaxassislarni yetishtirib chiqarishdir.

Joriy yilning 6-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalar va kompyuter injineringi fakultetida Andijondagi eng mashxur O‘zbekiston hamda boshqa MDH mamlakatlariga buyurtma asosida dasturiy va raqamli mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, offlayn va onlayn formatida dasturlash sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi “Datamond” IT kompaniyasi asoschilari Olimjon G‘ulomov, Murodillo Ismatov va Diyorbek Mamadaliyevlar ishtirokida yosh dasturchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda universitetning Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektori Madaminjon Mahkamov, fakultet dekani Asilbek Medatov, professor-o‘qituvchilar hamda IT-sohasiga qiziquvchi talaba yoshlar ishtirok etdilar.

“Google Developers Group” a’zolari, “Datamond” IT kompaniyasi va “Integer” o‘quv markazi asoschilari bo’lgan Olimjon G‘ulomov, Murodillo Ismatov va Diyorbek Mamadaliyevlar talabalarga veb dasturlash, mobil va IOS dasturlarini yaratish hamda amaliyotga tadbiq etish, bugungi kunda tobora daromadli sohaga aylanib borayotgan IT sohasida ish boshlash uchun dastlab nima qilish kerak ekanligi tushuntirib, atroflicha ma’lumotlar berdilar.

Ushbu IT mutaxassislari hali yosh bo‘lishiga qaramasdan ushbu sohada yetarlicha tajriba va malakaga ega bo‘lish bilan bir qatorida o‘zlarining kompaniyalariga asos solishga ham ulgirgan. Suhbat davomida talabalarni dasturlash bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazish orqali ish bilan ta’minlash bo‘yicha ham takliflarni ilgari surdilar. Uchrashuv davomida talabalar IT sohasi va veb dasturlash bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan atroflicha javob oldilar.

Shu o‘rinda “Datamond” IT kompaniyasi haqida batafsil ma’lumotlarni www.datamond.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.