Bugun, 5-oktyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba-qizlar oʻrtasida sogʻlom maʼnaviy-maʼrifiy muhitni shakllantirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, oʻzaro hurmat, kiyinish, muloqot va muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining 1-oʻrinbosari Nizomova Mavluda Sheraliyevna, viloyat bosh otinoyisi Shoiraxon Qosimova, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gulnoraxon Abduvohidova, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Bobojonova Gulmiraxon va talaba qizlar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar “Oila mustahkamligini taʼminlashda qiz bola tarbiyasining oʻrni”, “Qizlarning kiyinish, mulqot va muomala madaniyati”, “Ona va bola huquqlarini himoyalashda davlat siyosati, qizlarning huquqlari, burchlari, majburiyatlari”, “Qizlar salomatligi oila mustahkamligining asosiy omili sifatida” mavzulari doirasida talaba-qizlar bilan fikr almashdilar.
Talaba qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar oʻz navbatida mutahassislar talaba qizlarga kerakli tavsiya va takliflarini bildirdilar.
Davra suhbati soʻnggida, qizlarning oʻqishi, ilm olishiga qaratilgan sanʼatshunoslik fakulteti oʻqituvchi va talabalari ishtirokida sahna koʻrinishi namoyish etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI