Andijon Davlat
Universiteti
PREZIDENT E’TIROF ETGAN DOKTORANT
2021-10-04    699

Joriy yilning 4-oktabr kuni Andijon davlat universitetida Oʼzbekiston tarixi fanidan malakaviy imtihon oʼtkazildi. Ushbu imtihonni universitetimiz rektori A.S.Yuldashev ochib berdi. Rektor oʼz soʼzida yurtboshimiz tomonidan “Doʼstlik” ordeni bilan taqdirlangan Xorazm Maʼmun akademiyasining 2-bosqich doktoranti Umidjon Bekimmetovni shunday yuksak eʼtirofga erishganligi bilan samimiy muborakbod etdi va kelgusi ilmiy ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

Umid Bekmuhammad nomi bilan 35 ta kitob, ”Xorazmga talpingan Pushkin”nomli roman-essesi nashr etilgan tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsutdinovning shogirdi U.Bekimmetov ayni paytda “Sovetlarning Xorazmda amalga oshirgan kollektivlashtirish siyosati va uning oqibatlari(1929-1959-yillar)” mavzusidagi ilmiy ishini yo'qlash arafasida.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev shu yilning 22-sentyabrida Xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvida Umid Bekmuhammadga rahmat aytib, shunday degandilar:

 

-Yosh boʼlsangiz ham tariximizni tiklashga harakat qilayotganingiz,tadqiqotlaringiz bilan tanishib chiqdim. Bu menga mamnunlik va gʼurur bagʼishladi. Boshlagan ishingizni xuddi shunday davom etdiravering. Ishlaringizga muvaffaqiyat.

 

-Muhtaram prezidentimizning qilayotgan ishlarimga bergan bu baholari nafaqat menga, balki tarixchilarga, jumladan,ustozim Rustambek Temirovichga ham berilgan katta baho deb bilaman,-deydi U.Bekimmetov.

U.Bekimmetov ilmiy rahbari professor R.Shamsutdinov bilan hamkorlikda “Qatagʼon qurbonlari. Xotira. Xorazm viloyati”, “Moziyning fojiali sahifalari”, “Tarixga bogʼlangan taqdirlar” nomli kitoblarni ham mualliflikda nashr ettirgan.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.