Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Akbarov va universitetning xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Botirov hamda fakultet dekanlari tavsiyasiga ko‘ra tanlab olingan universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari ishtirokida yig’ilish o‘tkazildi.
Yig’ilishni korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov olib bordi. Yig’ilish davomida bo‘lim boshlig’i hozirgi kunda oliy ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarini korrupsiyadan holi sohaga aylantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, bu bo‘yicha vazirlikning 2021-yil 28-iyundagi 281-sonli buyrug’i qabul qilingani, ushbu buyruqqa ilova qilib oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi tuzilishini, va universitetimizda fakultet dekanlarining tavsiyalariga ko‘ra talaba-yoshlar klubi a’zolari tanlab olinganini aytib o‘tdi. Ushbu yig’ilishda ishtirok etayotgan klub a’zolari buyruqda belgilanganidek universitetimizda tahsil olayotgan vatanparvarlik, halollik, rostgo‘ylik va insonparvarlik xususiyatlarini o‘zida jamlagan talaba-yoshlar ekanini ta’kidlab, klubda ham xuddi shu hislatlar bilan faoliyat olib borishlarini aytib o‘tdi. Shuningdek, universitetda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga murosasiz tarzda kurashish, uning kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etishda, talabalar o‘rtasida korrupsiyaning yomon illat ekanligini ularning ongiga singdirishda tizimli ravishda tadbirlar, davra suhbatlari hamda turli xil fleshmoblar o‘tkazishda klub a’zolari tashabbuskor sifatida ishtirok etishlarini uqtirdi.
Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilganda, ayrimlar hayolida yana katta minbarda aytilgan umumiy gap, degan fikr paydo bo‘ldi, ayrimlar esa buni ohirgi ogohlantirish sifatida jiddiy qabul qilmadi. Lekin ohirgi yil natijalari, korrupsiyaga qarshi e’lon qilingan kurash — Yangi O‘zbekiston — ochiq O‘zbekiston amaliyotiga to‘liq mos kelishini ko‘rsatdi. Davlat tashkilotlari hamda tadbirkorlikning barcha bo‘g’inlarida korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borilayotganligi namoyon etildi. Qancha rahbarlar va tadbirkorlar o‘zlarining qilmishlariga yarasha jazo oldilar va eng muhimi bu holatlar ochiqdan ochiq OAV orasida keng muhokama qilinishi boshlandi.
Lekin bu kurashda biz ham befarq bo‘lishimiz kerak emas. Yangicha fikrlashga tezroq o‘tishimiz kerak, korrupsiyaga undovchi omillarni ochiqchasiga muhokama qilib biz ham umumiy kurashga qo‘shilishimiz kerak, dedi universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Akbarov o‘z so‘zida.
Shuningdek, universitetdagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini targ’ib etish har bir faol talaba-yoshning insoniylik burchi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti 4-kurs talabasi Akbaraliyev Shaxbozbek Fayoz o‘g’li klub yetakchisi etib tayinlandi. Klub yetakchisi tomonidan a’zolarga klub Nizomining mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.
Yig’ilishda universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Botirov so‘z olib, avvalo ishtirokchilarni klub a’zoligiga qabul qilingani bilan tabrikladi. M.Botirov o‘z so‘zida: Klub a’zoligiga fakultet rahbariyati tomonidan sizni nomzodingizni ko‘rsatilishi ham halolligingiz, vatanparvarligingiz, jamiyat ravnaqiga befarq emasligingiz, har qanday topshiriq ijrosiga vijdonan yondoshishingizni ko‘rsatadi,- deya ta’kidladi.
Shu bilan birga qo‘mita raisi klub a’zolari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarini o‘zaro hamkorlikda o‘tkazishda o‘zining amaliy yordamlarini berishligini aytib o‘tdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI