Andijon Davlat
Universiteti
TA’ZIM SIZGA AZIZ USTOZLAR!
2021-10-01    1590

O‘qituvchi va murabbiylar butun dunyoda sharafli kasb egalari hisoblanadi. Xalqlar o‘rtasida «O‘qituvchi - millat tarbiyachisi», deb bejiz aytilmagan. O‘qituvchi bugun o‘zi ta’lim berayotgan shogirdining kamoloti ila kelajakka poydevor qo‘yadi. Shu sababli o`qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami ham ta'lim sohasida mehnat qilayotgan fidoyi insonlarga nisbatan cheksiz hurmat va ehtiromning namunasidir. Ayni kunlar, butun mamlakatimizda o‘qituvchilar va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda. Bugun, 30-sentabr kuni Andijon davlat universitetida ham sana munosabati bilan “Ta’zim sizga, aziz ustozlar!” shiori ostida bayram  tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida Andijon davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, faxriylar ishtirok etdilar. Tadbirni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Sultanmuradovich Yuldashev o‘z bayram tabrigi bilan ochib berdi hamda bayram munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining faxriy yorliq va estalik sovg‘alarini o‘z egalariga topshirdi.  

Shuningdek, o‘zining fidokorona xizmatlari bilan yosh avlodga bilim berayotgan uzoq yillar universitetida faoliyat olib borayotgan universitet faxriylari hamda bayram munosabati bilan tashkil etilgan turli tanlov va musobaqlarda g‘olib bo‘lgan ustoz va murabbiylar universitet rektorining qimmatbaho sovg‘alari hamda tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Bayramni kuy-qo‘shiqsiz tasavvur qilish qiyin, Sa’natshunoslik fakultetining iste’dodli talabalaridan tashkil topgan “Nihol” ansambli va yosh ijodkorlar tomonidan ustozni ulug’lovchi, ularni tarannum etuvchi sho’x taronalar zalda o‘tirgan barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Tadbir “Universal” QVZ jamoasi yigitlarining bayramona chiqishlari bilan davom etdi. Ayniqsa, so‘z ustasi G‘ayratbek Ahmedovning o‘qituvchi va murabbiylar haqidagi hazil va mutoyibaga boy chiqishi ustozlar yuziga tabassum ulashdi.

Tadbirning ikkinchi qismi sho‘x taronalar va bayramona dasturxona atrofida bo‘lib o‘tdi.

Barcha ustoz va murabbiylarimizni Andijon davlat universiteti matbuot xizmati nomidan 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamanglar, deymiz.

 

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.