Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI AKRAMJON YULDASHEVNING UNIVERSITET USTOZ VA MURABBIYLARIGA BAYRAM TABRIGI
2021-09-30    3215

Aziz va qadrli ustozlar!
Barchangizni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan chin dildan qutlayman.

 

O'qituvchilik kasbi dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga faqat yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasbdir. Biz, ustozlar yoshlarga ilm, bilim berish bilan ularni ziyo olamiga olib kiramiz – kelajagi uchun tamal toshini qo‘yamiz. Shu sababli ustoz va murabbiylarga kelajak bunyodkorlari sifatida qarash har tomonlama to‘g‘ridir.

 

Barcha sohalarda shiddat bilan odimlayotgan O‘zbekistonimizning keyingi taraqqiyoti aynan ta’lim tizimiga, xususan, oliy ta’lim muassasalari yetishtirayotgan kadrlar sifatiga bog‘liq.

 

Bu borada Andijon davlat universitetida ham islohotlarga hamohang tarzda amaliy ishlar olib borilmoqda va qator yutuqlarga erishilmoqda. So‘nggi yillarda Andijon davlat universiteti jamoasi erishayotgan barcha yutuqlar zamirida ham professor-o‘qituvchilarimizning mehnati, zahmati mujassam.

 

Fursatdan foydalanib, ustoz-u murabbiylarni bayram bilan qutlar ekanman, ularga sog‘lik va salomatlik, tashabbus va ijodkorlik, samimiylik va kamtarlik, adolatlilik va halollik tilab qolaman. Barchangizga bugungi bayram, ushbu shodiyona kun muborak bo'lsin!

Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich
Andijon davlat universiteti rektori, professor
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.