Andijon Davlat
Universiteti
Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan post yuzasidan rasmiy MUNOSABAT
2021-09-27    556

Bugun, 2021-yil 27-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Sirtqi taʼlimdagilar bor yoʻgʻi 1 yilda 40 kun taʼlim olsak, bu ham onlayn boʻlsa.. ” degan post eʼlon qilindi. 

Ushbu post yuzasidan Andijon davlat universiteti maʼmuriyati quyidagilarni maʼlum qiladi. 

Andijon davlat universiteti maʼmuriyati oʻquv jarayoniga oid muhim xabar va yangiliklarni rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali doimiy tarzda eʼlon qilib boradi. Ushbu postdagi holatda ham sirtqi taʼlim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun offlayn oʻqish jadvali oʻz vaqtida rasmiy sahifalarimizda eʼlon qilingan. Xususan, joriy yilning 4-sentyabr kuni saytimiz va telegram kanalimizda sirtqi taʼlim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun oʻquv jarayoni jadvallari 10-sentyabr kuni eʼlon qilinishi haqida eʼlon qilingan.

Oʻz navbatida 2021-yilning 10-sentyabr universitetimizning rasmiy veb-saytida hamda rasmiy telegram sahifasida eʼlon qilingan.

Bundan kelib chiqadiki, yuqorida postda keltirilgan iddaolar mutlaqo asossizdir. Sirtqi ta'lim shaklida ta'lim oluvchi talabalar ham e'lon qilingan jadval asosida offlayn ta'lim olishlari uchun sharoit yaratiladi.

Shu oʻrinda, sirtqi boʻlim talabalaridan universitetning rasmiy axborot beruvchi sahifalarini doimo kuzatib borishni va eʼtiborliroq boʻlishlarini soʻrab qolamiz.

Talabalarga eslatma sifatida bir oʻquv yilida 2-marta kelib olinadigan bilimning oʻzi yetarli boʻlmasligini aytib oʻtmoqchimiz. Shuning uchun onlayn taʼlim platformasida ham onlayn topshiriqlar berib boriladi. Agar chuqur bilim olishni istasangiz, topshiriqlarni sidqidildan mustaqil bajarib borishingiz kerak boʻladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.