Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA «REKTOR KUBOGI» G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI
2021-09-24    658

Mamalakatimizda so‘nggi yillarda sportni rivojlantirish va aholi orasida ommaviy sport turlari yanada oshirish, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkilot va mahallalarda turli sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan Andijon davlat universitetida ham joriy yilning 8-11 iyun kunlari professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar o‘rtasida mini futbol, volleybol va shaxmat sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sport musobaqalarida 11 ta fakultet jamoalari munosib ishtirok etdilar. Volleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan baxslarda jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi 1-o‘rinni, fizika-matematika fakulteti 2-o‘rinni va maktabgacha ta’lim fakulteti esa 3-o‘rinni egalladi.
Mini futbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan baxslar ham qizg’in o‘tdi. Unda 1-o‘rin jismoniy madaniyat fakultetiga nasib etgan bo’lsa, tabiiy fanlar fakulteti ikkinchi, fizika-matematika fakulteti esa uchunchi o‘rinni egalladi.

Erkaklar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha 1-o’rinni Yunusov Nosirjon (Fizika-matematika fakulteti), 2-o‘rinni Saidjonov Shaxobiddin (Jismoniy madaniyat fakulteti) va 3-o‘rin Xadjayev Shaxboz (tarix fakulteti) egallagan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida kechgan baxslarda 1-o‘rin Xamrayeva Tanzila(Tarix fakulteti)ga nasib etdi. 2- va 3-o‘rinlarni Xasanova Mavjudaxon (Fizika-matematika fakulteti), Turg’unova Dilnura (Jismoniy madaniyat fakulteti) egalladilar.

Bugun, 24-sentabr kuni “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida musobaqa g’oliblari tantanali taqdirlandi. Ushbu taqdirlash marosimida universitet rektori A.S.Yuldashev barcha o‘qituvchilarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan samimiy qutladi va bunday sport musobaqalar muntazam o‘tkazilishini ta’kidladi. Shundan so‘ng, universitet rektori g’olib va sovrindorlarga medal hamda diplomlar shuningdek, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.