O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifatli yangicha tizimini tatbiq etish to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-sentabr kuni Andijon davlat universitetining 1-2-talabalar turar joyida yashovchi barcha talabalari uchun Yong‘in xavfsizligi va uning oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo`limi boshlig’i D.Abidova hamda bir qancha professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar ishtirok etishdilar. Tadbirga Andijon viloyati Andijon shahar Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasidan leytinant A.Mamatov, boshqarma inspektori serjant X.Qodirovlar taklif qilinib, ular talabalarga yong‘in sodir bo‘lganda uning oldini olish chora tadbirlari to'g‘risida nazariy va amaliy tushunchalar berishdi. Ushbu tadbirda universitet talabalari faol ishtirok etishdilar.
Tadbir davomida leytenant A.Mamatov tomonidan yong’in kelib chiqish sabablari, birlamchi o’t o’chirish vasitalarining turlari va ularning ishlatish tartiblari hamda zamonaviy birlamchi o’t o’chirish vositalari to’g’risida batafsil ma'lumotlar berildi.
Talabalarni qiziqtirgan savollarga yong’in xavfsizlik xodimlari tomonidan to’liq tushunchalar berildi. Ushbu tadbirdan talaba yoshlar nafaqat universitetda, balki o’z uylarida yong’inni oldini olish yuzasidan batafsil ma'lumotlarga ega bo’ldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI