Bugun 31-avgust sanasida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tayanch doktoranti Axmedov Botirjon Ravshanovich
Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019. Fil .60.02. raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida 10.00.01- O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Paralingvistik vositalarning genderologik va pragmatik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.
Botirjon Axmedov 10.00.01-O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Paralingvistik vositalarning genderologik va pragmatik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsada doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi boʻyicha koʻp yillik izlanishlari natijasini Kengash aʼzolariga taqdim qildi. Ishdan olingan ilmiy xulosalarni taqdim etish asnosida, ushbu xulosalarning ta’lim tizimiga keltiradigan foydasini ham koʻrsatib oʻtdi.
Muhokamadan soʻng, ovoz berish jarayoni boshlandi. Kengash aʼzolarining bergan ovozlari natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100 % maʼqullandi va Axmedov Botirjon Ravshanovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.
Botirjon Axmedovni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan qutlaymiz hamda kelajakda ilmiy ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!!!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI