Andijon Davlat
Universiteti
RAHIMJON QODIROV DISSERTATSIYA ISHINI MUVAFFAQIYAT BILAN HIMOYA QILDI
2021-08-27    738

Bugun, 27-avgust kuni Geografiya kafedrasi mudiri Qodirov Rahimjon Boltaboyevich O’zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalarini beruvchi DSc.03/30.12.2019. Gr .01.06. raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida 11.00.02-Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha “O’zbekiston Respublikasi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida mehnat resurslaridan samarali foydalanish yollari” mavzusidagi geografiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.

Rahimjon Qodirov 11.00.02-Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha “O’zbekiston Respublikasi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida mehnat resurslaridan samarali foydalanish yollari” mavzusidagi geografiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi boʻyicha koʻp yillik izlanishlari natijasini Kengash aʼzolariga taqdim qildi. Ishdan olingan xulosalarni taqdim etish asnosida, ushbu xulosalarning ta’lim tizimiga keltiradigan foydasini ham koʻrsatib oʻtdi.

 

Muhokamadan soʻng, ovoz berish jarayoni boshlandi. Kengash aʼzolarining bergan ovozlari natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100 foiz maʼqullandi va Qodirov Rahimjon Boltaboyevich geografiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish uchun loyiq deb topildi.

 

Rahimjon Qodirovni ushbu yuksak zafar bilan qutlaymiz hamda kelajakda ilmiy ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.