Andijon Davlat
Universiteti
YANGI O‘ZBEKISTONNIING ISTE’DODLI YOSHLARI TANLOVI G’OLIBLARI ANIQLANDI
2021-08-26    662

????O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yi1 30-avgustdagi «Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PQ-4433-son qarorida belgilangan vazifalarga ko‘ra yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb etish ya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida o‘tkazilgan «Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari» nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi g’oliblari aniqlandi.

????Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti Bektasheva Gulbahor Rayimjonovna ham g’olib deb topildi. Ushbu muvafaqqiyat bilan Gulbahor Bektasheva hamda uning ilmiy rahbari filologiya fanlari doktori, dotsent Tojiboyeva Muqaddas Abdurahimovnani tabriklaymiz.

❗️Eslatib o‘tamiz, tanlov g’oliblari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan diplom va 3 000 000 so‘m bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Tantanali taqdirlash marosimi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.