Andijon Davlat
Universiteti
XORIJIY OTMLARDAN ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIGA ALOHIDA IQTIDOR TALAB ETUVCHI TA'LIM YO'NALISHLARIGA KO'CHIRISH UCHUN IJODIY IMTIHONLARGA START BERILDI
2021-08-26    4122

Bugun, 26-avgust kuni xorijiy OTMlardan Andijon davlat universitetiga alohida iqtidor talab etuvchi 6 ta ta'lim yo'nalishlar bo’yicha 1031 nafar talabgor ro’yhatdan o’tgan. Imtihonlar ikki smenada tashkil etilgan.

Imtihonlarni yuqori saviyada, shaffof va adolatli o'tishini taminlash uchun malakali mutaxassislar jalb etilgan. Talabgorlarning sog'lig'ini asrash uchun barcha choralar ko'rilgan. Har bir talabgorning tana harorati o'lchanib, qo'llari dizenfeksiya qilinib imtihonga kiritilmoqda.

Imtihonlar o’tayotgan hududlarga 28 ta kuzatuv kamerasi o’rnatilgan bo’lib, imtihon.edu.uz sayti orqali talabgorlarning ota-onalari hamda yaqinlari uydan turib imtihonlarni kuzatib borish imkoniyatiga ega.

Tibbiyot xodimlari imtihom bo’layotgan hududlarda har bir talabgorni sog'lig'ini alohida nazorat qilmoqda. Imtihonlar jarayonida xavsizlikni taminlash uchun Milliy gvardiya hamda ichki ishlar hodimlari jalb etilgan.

Alohida iqtidor talab qiluvchi ta'lim yo'nalishlariga imtihonlar ko'chirish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 28-avgustga qadar davom etadi. Imtihon natijalarini universitetimizning rasmiy wer-sayti adu.uz sayti orqali ko'rishingiz mumkin.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.