Joriy yilning 23-avgust kuni Jahon tarixi kafedrasi katta o'qituvchisi Isaqova Feruza Rahmanovna Andijon davlat universiteti huzuridagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (phd) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01. raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Farg‘ona vodiysi qishloqlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va madaniy hayot (XIX asr oxiri - XX asr birinchi choragi)” mavzusidagi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.
Tadqiqotchi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Farg‘ona vodiysi qishloqlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va madaniy hayot (XIX asr oxiri - XX asr birinchi choragi)” mavzusidagi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi boʻyicha koʻp yillik izlanishlari natijasini Kengash aʼzolariga taqdim qildi. Ishdan olingan xulosalarni taqdim etish asnosida, ushbu xulosalarning ta’lim tizimiga keltiradigan foydasini ham koʻrsatib oʻtdi.
Tadqiqotchi rasmiy opponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi.
Muhokamadan soʻng, ovoz berish jarayoni boshlandi. Kengash aʼzolarining bergan ovozlari natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100 foiz maʼqullandi va Isaqova Feruza Rahmanovna tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berish uchun loyiq deb topildi.
Feruza Rahmanovnani ushbu yuksak zafar bilan qutlaymiz hamda kelajakda oʻz yoʻnalishida koʻplab ilmiy yutuqlarga erishishini tilab qolamiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI