Andijon Davlat
Universiteti
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI
2021-08-21    591

Joriy yilning 21-avgust kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitet rektori A.Yuldashev boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldiga olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, dekanlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Yig’ilishda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimida hukumat tomonidan sezilarli ishlar amalga oshirilayotganligini, har bir jinoyat uchun jazo muqarrar ekanligini to’la anglagan holda, “Mening universitetim korrupsiyadan holi” tamoili asosida korrupsiyaga qarshi birga kurashish kerakligini ta’kidlab o‘tdilar.

Shundan so‘ng, Andijon davlat universitetida mavjud bo‘lim va markazlarda “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish”  mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatlarida Andijon viloyati IIB ning 2021-yil 13-avgust kungi 2/1-403-sonli xati muhokamasi o‘tkazildi, barcha rahbar va xodimlardan korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni yo’lga qo’yib, oliy ta’limni “korrupsiyadan holi” tizimga aylantirish bo’yicha aniq rejalar va qilinishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan gaplashib oldilar.

Bunday uchrashuvlar fakultetlar va kafedralarda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Abdukarim Akbarov
Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.