So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yasovchi qator qaror va farmonlar e’lon qilindi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.
Bugun, 21 avgust kuni Andijon davlat universitetida ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda "temir daftar"ga kiritilgan oila farzandlari shuningdek, bir guruh iqtidorli, respublika miqyosidagi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda talaba yoshlar bilan suhbat o‘tkazildi va ularning kelajakdagi rejalari haqida fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Andijon davlat universitetini tamomlayotgan 4 nafar bitiruvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 105 barobari miqdorida ya’ni 25 725 000 so‘mdan universitet mablag‘lari hisobidan bir martalik rag‘batlantirish mablag‘lari topshirildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Prezidentimizning “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra universitetda tahsil oluvchi “temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi bo‘lgan 38 nafar talabalarga 3 736 500 so‘mdan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 8 nafar talaba-qizlarga 2 989 200 so‘mdan, “yoshlar daftari”ga kiritilgan 10 nafar talaba yoshlarning har biri 2 241 900 so‘m miqdorida rag‘batlantirildi.
Bundan tashqari bir guruh iqtidorli talabalar ham e’tibordan chetda qolmadi. Jumladan, 30 iyun - "Yoshlar kuni"ga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan “Talaba va yoshlar forumi” doirasida tashkil etilgan “Nima? Qaerda? Qachon?” respublika intellektual turnirida 1-o‘rinni egallaganligi uchun "Universal" jamoasi a’zolari 14 700 000 so‘m miqdorda taqdirlandi.
“Quvnoqlar va Zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining chorak finalda bosqichida ishtirok etib, g‘olib bo‘lganligi uchun universitetimizning QVZ jamoasi bo‘lmish “Universal” a’zolari esa 13 475 000 so‘m miqdoridagi mablag‘ bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI