Bugun, 18-avgust kuni Andijon davlat universiteti axborot-resurs markazida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Ushbu davra suhbatida universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Akbarov, universitet xotin-qizlar kengashi raisi U.Ahmedova, axborot-resurs markazi direktori Z.Egamberdiyev va ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar korrupsiya, uni keltirib chiqaradigan omillar, korrupsiyaga qarshi kurashish, bu borada barchadan xushyorlik va ogohlikni talab etishi haqida so‘zlab, kelgusida korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha qilinadigan ishlarni kelishib oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI