IT hamda robototexnika sohasi zamonamizning eng rivojlanayotgan sohalaridan biri bo’lib kelmoqda.
2021-yil 27-may kuni Xonobod shahrida o’tkazilgan “Vazir, hokim va yoshlar uchrashuvi”da IT sohasiga qiziquvchi talaba yoshlar qatnashdilar. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhratbek Sodiqov hamda Xonobod shahar hokimi Mash’albek Tojiboyev barcha yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida Shuhratbek Sodiqov yangi o’quv yilidan boshlab universitet talabalari o’rtasida Robototexnika sohasiga qiziquvchi yoshlarni tashabbus va g’oyalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida yoshlar uchun moddiy-texnika jihozlari bilan taminlashini aytib o’tgan edi. Ushbu sohani yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 13-avgust kuni 14271000 so’mlik 12 turdagi moddiy–texnika jihozlar IT park ko’magida Andijon davlat universitetining IT Inkubatsiya va akseleratsiya markaziga topshirildi.
Endilikda ushbu robototexnika jihozlari yordamida talabalar robototexnika sohasi bo‘yicha o‘z loyihalarini yaratishda foydalanadilar. Kelajakda talabalarimiz albatta ushbu sohani yanada rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shadilar.
Shu munosabat bilan keltirilgan jihozlar uchun universitetimizning robototexnikaga qiziquvchi talabalar nomidan hamda IT Inkubatsiya va akseleratsiya markazi hodimlari Shuhratbek Sodiqovga o’z minnatdorchiliglarini bildiradilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI