Andijon Davlat
Universiteti
MAGISTRATURAGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI
2021-08-13    1548

2021/2022 o‘quv yili uchun Andijon davlat universiteti va Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida mavjud 23 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2032 nafar abituriyentlarning hujjatlari qabul qilindi. Magistraturada o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun mutaxassislik (ixtisoslik) fanlaridan kirish imtihonlari belgilangan grafik asosida 13-17 avgust kunlari 2 smenada ertalab soat 8:00 hamda kechki soat 16:00da o‘tkazilishi belgilandi.

Bugun, 13-avgust kuni Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti binosida 6 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislik (ixtisoslik) fanlaridan kirish imtihonlari o‘tkazildi. Imtihonlarni adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, imtihon jarayonlarida to‘liq kamera nazorati yo‘lga qo‘yildi va uzliksiz imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli namoyish etib borildi. Abituriyentlar xavfsizligini ta’minlash hamda nazoratni kuchaytirish uchun IIB va Milliy gvardiya xodimlari jalb etildi. Abituriyentlar maxsus metal aniqlovchi qurilmalardan o‘tkazilib, tana haroratini o‘lchovchi va antiseptik vositalar bilan dizenfeksiya qilindi.

Imtihonlar boshlanishidan avval universitet rektori Akramjon Yuldashev barcha abituriyentlarga muvafaqqiyat tiladi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustamjon Mullajonov mutaxassislik(ixtisoslik) fanlaridan kirish imtihonlarini o‘tkazilish tartibi va mezonlari bilan tanishtirib chiqdi. 

13-avgust kungi imtihonlarda jami 420 nafar abituriyentlar imtihon topshirishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu kuni imtihonlarda umumiy 373 nafar qatnashdi, 97 nafar abituriyent ishtirok etmadi. Shuningdek, 8 nafar abituriyent imtihon jarayonlari vaqtida ta’qiqlangan vositalar(telefon, shpargalka, turli aloqa vositalari)dan foydalangani uchun abituriyentlar va xolis guvohlar ishtirokida dalolatnoma tuzilib, imtihon jarayonlaridan chetlashtirildi. 15 nafar abituriyent esa imtihonga kech qolib kelganligi uchun imtihonlarga qo‘yilmadi.

Shu o‘rinda eslatma, hurmatli magistraturada o‘qish istagida yonayotgan abituriyentlar sizlardan imtihon o‘tkaziladigan kuni fuqarolik pasporti bilan imtihon boshlanishidan bir soat oldin kelishlaringizni so‘raymiz. Shuningdek, imtihonlarga turli taqiqlangan (telefon, kalkulyator, shpargalka va shunga o‘xshash aloqa qurilmalari)vositalarni olib kelmasligingizni qat’iy talab qilib qolamiz. Ushbu vositalarni olib kirishga va foydalanishga uringan abituriyentlar imtihon jarayonlaridan chetlatilishini yana birbor eslatib o‘tmoqchimiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.