Yoz o‘zining betakror tarovati bilan insonga xush yoqadi.Bu faslda ko‘pchilik tabiat qo‘ynida, orombaxish suv xavzalari bo‘yida yoqimli xordiq chiqarishni istaydi. Ammo shunday maroqli damlarda quyosh nurlari ostida uzoq vaqt bo‘lish turli noxush xolatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, insonning terisi kuyishi yoki oftob urishi mumkin. Bu esa sog‘lig‘imiz uchun juda xavfli sanaladi. Oftob urishi inson tanasiga uzoq vaqt quyosh nuri ta’sir qilishidan vujudga kelib, odatda, tananing umumiy qizishi va terining mahalliy kuyishi bilan xarakterlanadi.
Issiq ob-havo sharoitida qanday harakatlanish lozim.
- Issiq havo ta’siridan saqlaning. Och (oq) rangdagi havo o‘tkazadigan (iloji boricha paxtadan tayyorlangan) kiyim-kechak va bosh kiyim kiyib yuring. Sintetik matolarda tayyorlangan kiyim-kechaklar kiymaslikka harakat qiling.Esda tuting, kuygan teri terlamaydi va sovumaydi. Ko‘chada shoshmay yuring, ko‘proq soyada bo‘lishga harakat qiling.
- Ko‘proq suyuqlik (suv) iste’mol qilish. Suyuqlikni (suvni) to‘g‘ri iste’mol qilish rejimi organizmni yaxshi faoliyat qilishiga sharoit yaratadi. Issiq ob-havo paytida iste’mol qilinadigan suv miqdorini ko‘paytirish lozim. Bunda shirali ichimlik yoki shirin gazlangan ichimlik o‘rniga oddiy suv bilan organizmdagi suv tanqisligini bartaraf etish kerak. Pivo yoki boshqa alkogol ichimliklar iste’mol qilmang, bu organizmning umumiy holati yomonlashishiga olib keladi. Issiq ob-havo paytida soat 12:00dan 16:00gacha oftobda yurmaslikka harakat qiling, ayniqsa ochiq quyosh tagida yurmang. O‘zingizni va ishingizni shunday rejalashtiringki, bu oraliqda siz uyda yoki ishxona(bino ichi)da bo‘ling.
- Muntazam tozalanish (yuvinish) terida samarali nafas olishiga ko‘mak beradi. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Muzday suvda sovushga intilish, haroratlar birdan almashganida rivojlanadigan zotiljam kasalligiga qisqa yo‘ldir. Issiq (oftob) urganda soyaga yoki shaboda bor joyga o‘ting, dush qabul qiling va asta-sekin ko‘p miqdorda suv iching. Issiq ob-havo paytida e’tiboringizni sovuq ovqatlar iste’mol qilishga qarating. Meva va sabzavotlar iste’mol qiling. Ovqatlarni albatta tuz bilan iste’mol qiling. Chunki issiq ob-havo paytida inson ko‘p terlaydi va shu bilan birga yetarlicha natriy tuzini yo‘qotadi. Oftob urishining ta’siri yashirin davridek so‘ng ro‘yobga chiqib, bemorda bosh aylanishi, ko‘rishning pasayishi kuzatiladi (atrofdagi ashyolar yashil yoki qizil bo‘lib ko‘rinishi). Keyinchalik qo‘l-oyoqlar titrab, ter ajralishi tezlashadi, bemor befarq yoki haddan tashqari faol bo‘ladi. Ba’zan hushini yo‘qotib, qon bosimi keskin tushib ketadi. Bu hol boshlanishida bemor yuzi qizarib, keyin oqaradi. Bosh miyada shikastlar paydo bo‘lib, ayrim xollarda tutqanoq ro‘yobga chiqadi.
- Bunday issiq ob-havoni konditsionersiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, konditsionerdan esayotgan shamol yo‘nalishi bo‘ylab joylashmang. Odatda konditsionerlarda ko‘plab bakteriyalar mavjud, ushbu bakteriyalar sovuq havo bilan birga insonga ta’sir etishi, undagi surunkali bronxit va zotiljam kasalliklari kuchayib ketishiga sabab bo‘ladi.
- Issiq (oftob) urishi alomatlari (umumiy holsizlik, bosh og‘rishi, yuz rangini o‘chishi (oqarib) yoki qizarib ketishi, puls me’yorida emasligi) paydo bo‘lganda terlash bilan bog‘liq suv yo‘qotilishi o‘rnini to‘ldirish uchun muntazam kichik hajmlarda (80-100 ml) suv iste’mol qilish kerak, bunda suvni iloji boricha uzoqroq og‘izda ushlab keyin ichish kerak, tanani tezda sovutish (soyaga, shaboda bor joyga o‘tish, dush qabul qilish) kerak.
Oftob urganda - jabrlanganni ochiq havodagi salqin joyga olish, kiyim tugmalarini yechish, tuzli (sovuq) suv ichirish, boshi va ko‘kragini sovuq suv bilan ho‘llash lozim (kompress qo‘yiladi). Yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilovchi preparatlar beriladi. Yetarli miqdorda suyuqlik ichiriladi. Bunda, albatta, shifokor nazoratida bo‘lish tavsiya etiladi. Nafas to‘htab qolganda yoki u buzilganda nashatir spirt hidlatiladi. Bu ta’sir ko‘rsatmasa sun’iy nafas oldiriladi, bu tabiiy nafas olish tiklanguncha yoki "tez yordam" kelguncha davom ettiriladi.
Issiq ob-havo paytida o‘zini tutish qoidalari:
Kuchli issiq ob-havo kuzatilganida, inson tana harorati 38 darajadan ortishi mumkin. Bunday ob-havoda uzoq vaqt bo‘lish quyosh urishi va yurak faoliyati buzilishiga olib keladi. Teri qizarishi, shilliq qavatlar qurishi va kuchli tashnalik-issiq urishi simptomlari hisoblanadi. Bu holatda tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, odam hushdan ketib, nafas olish va yurak urishi to‘xtashi mumkin. Agar suvning bo‘yida quyoshda uzoq vaqt bo‘lib, birdan suvga kirsangiz (suvga tashlansangiz), bunda haro-ratlar farqi tufayli o‘pka siqilishi (nafas olish qiyinlashib) va yurak urishi to‘xtab qolishi mum-kin. Shuning uchun, suvga kirishdan oldin badanni ho‘llab (bel, ko‘krak va h.k.), suvga moslashish kerak. Bunga ko‘proq keksa yoshdagi kishilar amal qilishlari zarur.
Aholi o‘rtasida oftob urishdan saqlanish uchun mutaxassislar maslahati:
Boshni yengil, oq rangdagi tabiiy tolali bosh kiyim bilan, ko‘zlarni esa quyoshdan saqlovchi ko‘zoyngak yordamida muxofaza qilishni tavsiya etishadi. Shuningdek, quyosh tig‘ida, cho‘milish joylarida, ayniqsa, kuyosh faol davri xisoblanmish - soat 12.00 dan 16.00 gacha bo‘lgan davrda uzoq vaqt qolishdan saqlanish lozimligini uqtirishadi. Quyoshda toblanishning davomiyligi 15-20 daqiqani tashkil qilishi, agar uzaytirilshi lozim bo‘lsa, bu asta - sekinlik bilan amalga oshirilishi kerakligini, biroq davomiyligi ikki soatdan oshmasligi va orada tanaffuslar bo‘lishi zarurligini ta’kidlashadi.
Mutaxassislarning fikricha:
quyoshda toblanish muolaajsi uchun yeng maqbul muddat ertalabki va kechki vaqtidir. Bu muolajani ovqatlangandan so‘ng kamida bir soatdan keyin amalga oshirish lozim. Bu jarayon cho‘milish cho‘milish bilan almashtirib turilsa, yana xam yaxshi bo‘ladi. Quyoshda toblanishni yotgan xolatda emas, balki xarakatlanish jarayonida amalga oshirish lozim. Issiq paytda ko‘p ovqat iste’mol qilmaslikka xarakat qilish, ko‘proq sut-qatiq maxsulotlari va sabzavotlarni iste’mol qilish yaxshi naf beradi. Yozning issiq kunlarida organizmda suv miqdorini ushlab turishga xarakat qilish darkor (kuniga 3 litr atrofida gazsiz mineral sovuq suv, maxsus tuzli eritmalar iching). Kun tig‘iz paytida vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan namlangan dastro‘mol bilan artib turish issiqlanishdan asraydi. Issiq sharoitda ishlaganda vaqti-vaqti bilan imkon darajasida salqin joyda dam olish, ish joylarida sovutkichlar o‘rnatish yozning jazirama kunlarini birmuncha yengil o‘tishini ta’minlaydi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI