Bugun, 3-iyul kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Innovatsion rivojlanish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi vakillari hamda ilmiy-tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Innovatsion rivojlanish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi vakillari M.Madazimov va S.Komilovlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli qarori 18-bandiga muvofiq, kimyo va biologiya yo‘nalishidagi ilmiy-texnik muammolar yechimiga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash, bu borada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan oldinda turgan vazifalar haqida tushunchalar va kerakli ma’lumotlarni berdilar. Yangi tashkil etilgan Andijon viloyati hududiy boshqarmasi kelgusidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida va ularni tijoratlashtirish, patentlashtirish bo‘yicha universitet ilmiy jamosi bilan hamisha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida yosh tadqoqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarni oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI