Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZNING “UNIVERSAL” JAMOASI RESPUBLIKA TANLOVI G’OLIBI
2021-07-01    873

30-iyun kuni Toshkent shahrida "O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi" doirasida o‘tkazilgan oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi "Nima? Qayerda? Qachon?" intellektual turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi va unda Andijon viloyati delegatsiyasi tarkibida ishtirok etgan Andijon davlat universitetining "Universal" jamoasi 100 ortiq oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Nima? Qayerda? Qachon? Turniri final o‘yinida, hududiy va yarim final bosqichilarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib final bosqichiga yo‘l olgan eng kuchli 7 ta OTM jamoalari, Qoraqalpog‘iston respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Buxoro va Xorazm viloyatlari nomidan ishtirok etishdi.

Final o‘yini yakuniga ko‘ra g‘olib jamoalar:
1-o‘rin: Andijon viloyati — 19 ochko
2-o‘rin: Farg‘ona viloyati — 11 ochko
3-o‘rin: Xorazm viloyati — ochko

Ushbu muvaffaqiyat bilan "Universal" jamoasining barcha a'zolarini tabriklaymiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.