Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ DOKTORANTI “SHUHRAT” MEDALI SOHIBI BO’LDI
2021-06-30    839

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.

Ushbu farmon bilan o‘zining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yo‘nalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, tengdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan faol va yetakchi yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Universitetimiz tayanch doktaranti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Andijon viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Axmedova Irodaxon Shoxitbekovna Ushbu farmon bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Irodaxon Axmedovani ushbu yuksak ishonch bilan universitetimiz jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz. Ilmiy sohadagi kelgusi ishlarida zafar va omadlar tilaymiz

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.