Yangi O‘zbekistonning baxtiyor yoshlari!
Sizlarni yoshlik va shijoat bayrami - 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning o‘rni va ta’siri tobora ortib borayotgani hammamizni quvontiradi.
Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida, Vatan himoyasidek sharafli vazifani ado etishda millionlab yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Siyosiy saviyasi yetuk, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yuzlab yigit-qizlar parlamentimiz va xalq deputatlari mahalliy kengashlarining a’zosi sifatida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat idoralarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallash har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi shartiga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Ana shu haqiqatni chuqur anglagan holda, biz navqiron avlodimizning ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etmoqdamiz.
Bildirilgan yuksak ishonch asosida Andijon davlat universitetida ta’lim olayotgan 20 000dan ortiq talaba yoshlar, yosh tadqiqotchilar ham sezilarli natijalarni qayd etib kelmoqda. Yoshlarimiz orasida Jahon va Osiyo chempionlari, Zulfiyaxonim izdoshlari, Prezident va davlat stipendiyasi sohiblari, xalqaro tanlovlar g‘oliblari, viloyat hokimi stipendiyasi sovrindorlari mavjud. Sizlarning yonib turgan ko‘zlaringizga qarab, shuni aytishim mumkinki, marrani doimo baland oling! Hech ham qo‘rqmang, intiling, o‘qing o‘rganing, aslo ortga chekinmang! Siz barcha ezgu ishlarga qodirsiz!
Bugun jonajon O‘zbekistonimizda erkin va obod, farovon hayot qurish yo‘lida biz boshlagan ulkan ishlarni davom ettirishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllanmoqda.
Aziz o‘g‘il-qizlarim, hech qachon unutmang, xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlarni kutmoqda.
Shu muqaddas ishonch va mas'uliyatni har tomonlama oqlash, unga munosib bo‘lish – dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday baxt, shunday sharaf barchangizga nasib etsin!
Bugungi bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI