Andijon Davlat
Universiteti
YOSH BLOGERLARNING TAKLIFLARI TINGLANDI
2021-06-29    835

Bugun 29-iyun kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitet rektori Akramjon Yuldashev hamda universitetda faoliyat olib borayotgan barcha fakultet matbuot kotiblari, yosh blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Dastavval universitet rektori “27-iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni” munosabati bilan jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar va yangilanishlarni faol yoritib borayotgan yosh blogerlar hamda fakultetlar matbuot kotiblarini bayram bilan tabriklab, universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tomonidan taqdim etilgan kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.

Shundan so‘ng ochiq muloqot boshlandi, faol bloger talabalarning universitetdagi ayrim muammolar va ularni yechimi bo‘yicha aniq takliflari tinglandi.

Universitet rektoriga o‘z takliflari bilan chiqayotgan yoshlarning har bir taklifi Akramjon Yuldashev tomonidan yozib olindi va ularni yechimi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalarni berish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash buning uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratishni kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida universitet axborot tizimida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha universitet matbuot kotibi Ergashbek Jumabayevning hisoboti tinglandi.  

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.