Andijon Davlat
Universiteti
G‘OLIBLAR MUNOSIB KUTIB OLINDI
2021-06-24    687

Joriy yilning 14-21 iyun kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida sportning kikboksing turi bo‘yicha “Uzbekistan open 2021 Kickboxing WAKO” xalqaro turniri o‘tkazildi. “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tkazilgan bahslarda jahonning 50dan ortiq mamlakatlaridan 200ga yaqin nomdor sportchilar turli vazn toifalarida ishtirok etdilar.

Quvonarli jihati universitetimiz talabalari Sayidmurod Xasanov hamda Jaloliddin Olimovlar ham ushbu nufuzli sport musobaqasida o‘z vazn toifalarida munosib ishtirok etib, yakunda “Uzbekistan open 2021 Kickboxing WAKO” xalqaro turniri g‘olibiga aylandilar.

24-iyun kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev ishtirokida sportchilarimizni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Marosimda universitet rektori sportchilarni muvafaqqiyat bilan samimiy qutlab, yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarayotgan yigitlarimizga ulkan zafarlar tiladi. Sportchilarga va ularning ustozlariga universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.