So‘nggi yillarda mamalakatimizda intellektual o‘yinlarga alohida e’tibor qaratilib, aholi ayniqsa, yoshlar orasida turli intellektual o‘yinlar o‘tkazilmoqda. Bunday tanlovlarda yoshlarning intellektual salohiyati yuksalib, ularda mustaqil fikr, keng dunyoqarash shakllanadi.
Ana shunday maqsadda bugun 22-iyun kuni Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida Andijon viloyatidagi 6 ta OTM talabalari o‘rtasida “Nima? Qachon? Qayerda?” respublika intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Mantiqqa va aniq faktlarga asoslangan savollarga bilimdonlar zukkolik va tafakkur bilan yondashib javob berdilar. Jamoalarning har bir javoblarini tajribali mutaxassislar tekshirib bordilar.
Qizg’in va murosasiz kechgan bilimlar baxsida Andijon davlat universitetining “Universal” jamoasi eng yuqori natija bilan faxrli 1-o‘rinni egalladi. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Agroleaders” jamoasi 2-o’rinni egallagan bo’lsa, Andijon mashinasozlik instituti hamda Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti talabalari teng ball to’plagan holda 3-o‘rinni egalladi.
Shunday qilib, universitetimizning “Universal” jamoasi tanlovning mintaqa bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘ylaymizki, talabalarimiz tanlovning keyingi bosqichida ham muvafaqqiyatli ishtirok etadilar. Yuzingiz yorug‘ bo‘lsin, olg‘a bilimdonlar!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI