Avval xabar berganimzdek, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yosh ijodkorlar Kengashi bilan birgalikda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15-iyun kuni “Duel” Respublika yosh ijodkorlar tanlovining Andijon viloyat bosqichi bo‘lib o’tdi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan “Duel”ning Andijon viloyati bosqichi yosh ijodkorlarning ko‘nglida so‘z va ijod gulxanini yana bir karra alanga oldirdi.
BADIIY TARJIMA yo‘nalishida ishtirok etgan andijonlik yoshlar chet tillarini bilishi, badiiy ijodga bo‘lgan mehrini o‘zlarining tarjimonlik ishlari orqali isbotladi. Ulardagi shijoatni ko‘rgan hakamlarning hayratlari va havaslari davomli bo‘ldi.
Sog‘lom raqobat muhiti doirasida tashkil etilgan final bosqichib Oqqo‘ziyeva Maxsuma hamda To‘lanova Ominabonu juftligida Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti 4-bosqich talabasi To‘lanova Ominabonu ustunlikka ega bo‘lib tanlov g’olibi bo‘ldi.
Ominabonuga respublika bosqichida zafarlar tilaymiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI