Andijon Davlat
Universiteti
DIYORA AZIZOVA “DUEL”NING ANDIJON VILOYAT BOSQICHI G’OLIBI
2021-06-16    1088

 

Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yosh ijodkorlar Kengashi bilan birgalikda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Duel” Respublika yosh ijodkorlar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 15-iyun kuni Andijon shahridagi Yoshlar markazida “Duel” Respublika yosh ijodkorlari tanlovining Andijon viloyat bosqichi o‘tkazildi.

 

Qiziqarli baxs va munozaralarga boy o‘tgan tanlovning ikkinchi kunida Nazm, Nasr, Badiiy tarjima hamda tasviriy san’at yo‘nalishlarida 2 nafardan tanlab olingan yoshlar o‘zaro duelda bellashdilar.

Unda universitetimiz talabasi Diyora Azizova ham nasr yo‘nalishida munosib ishtirok etib, “Duel” respublika yosh ijodkorlar tanlovining Andijon viloyati g’olibiga aylandi hamda Respublika boshqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

 

Ushbu muvaffaqiyat bilan Diyorani universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz hamda tanlovning respublika bosqichida omad va zafarlar tilaymiz!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.