Joriy yilning 10-iyun kuni Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov boshchiligida fakultetning iqtidorli talabalari bilan universitetga biriktrilgan Andijon shahrida joylashgan “Guliston” MFYga bordilar. MFY raisi o‘rinbosari Zumratxon Raximova hamrohligida navbatdagi Boqi Maxmudiy, Bobosa’din, Q.Xamidov mahallalarida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan, oilaviy sharoiti og‘ir ehtiyojmand xonadonlarga kirib, ularning holidan xabar oldilar.
Jumladan, “Ayollar daftar”da ro’yxatda turuvchi oilardan Ra’noxon Ashurova, “Temir daftar”da ro’yxatda turuvchi oilalardan Hilolaxon Nortojieva, Abdumannob Mamadaliev, Nuriddin Saidovlar xonadoniga kirib ularni holidan xabar oldilar hamda fakultet dekani va talabalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdilar.
Darhaqiqat, inson qalbiga quvonch ulashish, ular dardiga sherik bo‘lish ulug‘ baxtdir. Shunday ekan, atrofimizdagi mehrga, ko‘makka muhtoj insonlardan bir og‘iz shirin so‘zimizni, mehr-muhabbatimizni darig‘ tutmaylik. Imkonimiz bo‘lsa, ulardan yordamimizni ayamaylik!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI