Andijon Davlat
Universiteti
KUCH BILIM VA TAFAKKURDA: “UNIVERSAL” VILOYATDA TENGSIZ
2021-06-10    157

Xabaringiz bor, Respublikamiz bo‘ylab iyun oyi yoshlar oyligi deb e’lon qilindi. Ushbu oylik davomida yoshlar o‘rtasida turli tanlovlar sport musobaqalari va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Yoshlar oyligi doirasida joriy yilning 9-iyun kuni Andijon viloyatidagi OTM talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda viloyatdagi barcha OTM talabalaridan saralangan, intellektual salohiyatli yoshlardan iborat 5 ta jamoa ishtirok etdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyida o‘tkazilgan ushbu bilimlar bellashuvida Andijon davlat universiteti yoshlar ittifoqi faollaridan tashkil topgan “Universal” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda “Zakovat” intellektual o‘yinining keyingi bosqichiga yo‘lanmani qo‘lga kiritdi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan “Universal” jamoasi a’zolarini tabriklaymiz va tanlovning keyingi bosqichida ularga omad va zafarlar tilaymiz.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan.