Andijon Davlat
Universiteti
HUQUQIY BILIMLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI
2021-06-03    1327

 

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining qoʻshma qarori asosida barcha taʼlim muassasalarida huquqiy bilimlar haftaligi oʻtkazilmoqda. Ushbu qoʻshma qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat universitetida Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti tomonidan talaba yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Vatan taqdiri – mening taqdirimda” shiori ostida 27-may - 3-iyun kunlari universitet talabalari oʻrtasida huquqiy bilimlar haftaligi o‘tkazildi.

 

Ushbu haftalik doirasida aholi va yoshlar oʻrtasida “Street law” so‘rovnomasi, Andijon davlat universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali “Huquq bilimdoni” onlayn viktorinasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan "Vazir va yoshlar” uchrashuvi, talabalar oʻrtasida “Vatan taqdiri - mening taqdirimda” insholar tanlovi, fakultetlararo “Yoshlar va saylov” munozara debat o‘yini, 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Men bola huquqi posboniman” aksiyasi hamda “Yoshlar va qonun” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tanlov va loyihalarda universitetimiz talabalari faol ishtirok etdilar!

 

Bugun 3-iyun kuni “Vatan taqdiri – mening taqdirimda” shiori ostida 1 hafta davomida oʻtkazilgan huquqiy bilimlar haftaligining yakunida oʻquv-seminar treningi o‘tkazildi. Unda hamkor tashkilotlar vakillari Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy tarbiyaviy ishlar va ijtimoiy himoya, yoshlar bilan ishlash bo‘limi katta leytinanti Ahmedov Muzaffar Zulfiqor o‘g‘li, Andijon viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul hodimi Doniyorbek Abdumalikov, Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi raisi Rasuljon Karimov, “Yuksalish” umummilliy harakati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muqaddasxon Sultonova, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Dastlab, Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Bahtiyorjon Rasulov so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlarni huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtalib o‘tdi.

 

Ushbu o‘quv-seminar treningida hamkor tashkilotlar vakillari so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda mamlakatimiz sud-huquq tizimiga doir yangiliklar, saylov qonunchiligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdilar.

O‘quv seminari so‘nggida haftalik doirasida o‘tkazilgan tanlov hamda viktorina g‘oliblari tashkilotchilarning diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Darhaqiqat bugun har bir soha va tarmoqlarda yoshlarning faolligi oshib borayotgani, mamlakatimizda ularni har tomonlama yetuk va barkamol inson bo‘lib voyaga yetishlari uchun davlatimiz va hukumatimiz tomonidan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘tkazilgan huquqiy bilimlar haftaligi ham ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmati qiladi.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.