Andijon Davlat
Universiteti
FARZANDIMIZGA MEHR QO’LINI UZATAYLIK
2021-06-03    1107

2021-yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili ushbu yilda yoshlarimizni asrab avaylash, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish, g’amxo‘rlik qilish bizning burchimizdir.

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan joriy yilning 3-iyun kuni Andijon davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti dekan o’rinbosarlari boshchiligida fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar bilan birgalikda Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan “Muruvvat” nogiron bolalar internat uyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida bolajonlarni ko‘nglini ko‘tarish maqsadida professor-o‘qituvchilar hamda talabalarimiz o‘zlarining ko‘ngil ochar dasturlari, sahna ko‘rinishlari hamda ijodiy uchrashuvlari bilan bolajonlarni ko’nglarini ko’tardilar. Shundan so’ng tadbir kuy va qo‘shiqlarga ulanib barchaning ko’ngliga ko’tarinkilik kayfiyatlarini ulashdilar. Tadbir yakunida bolajonlarga universitet professor-o’qituvchilari tomonida kiyim-kechaklar hamda esdalik sovg’alarini topshirdilar. Tadbirdan barcha yoshlar xursand bo’ldilar.

Ushbu tashrifdan “Muruvvat” nogiron bolalar internat uyi ma’muriyati hamda bolajonlar o’z minnatdorchiliklarini izhor qildilar. Fakultetimiz o’qituvchilari bunday uchrashuvlar kelgusida tez-tez bo’lishini kelishib oldilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.