Andijon Davlat
Universiteti
FOLKLOR-QADRIYATLARIMIZ KO‘ZGUSI
2021-05-28    1002

Joriy yilning 28-may kuni Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti binosida joylashgan majlislar zalida Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi va Taxtako‘prik MFY bilan hamkorlikda “Folklor-qadriyatlarimiz ko‘zgusi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Taxtako‘prik MFY xotin-qizlar qo‘mita raisi Mahmudova Manzura so‘zga chiqib, mahalla va olit ta'lim hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi va ushbu hamkorlik uchun universitet rahbariyatiga o‘z tashakkurini izhor etdi.  Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi I.Ubaydullayev va 1-kurs talabalari tomonidan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari milliy qadriyatlarimizni aks ettirgan milliy liboslarni namoyish etgan holda lapar hamda kelinsalomlarni ijro etdilar.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Nurmatov yakunlab berdi va barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tadbir tashkilotshisi I.Ubaydullayev va talabalar diplom bilan taqdirlandilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.