O`zgalar mehriga muhtoj, yolg`iz ayollar, nogironligi bor yoshlarni moddiy va ma`naviy jihatdan qo`llab-quvvatlash xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan sanaladi.
Bugun, 27-may kuni Andijon viloyatidagi ayollar sahovat uyiga Andijon davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti dekani Ch.Shokirova boshchiligida fakultet professor-o’qituvchilari tashrif buyurdi. Tashrif davomida yolg`iz va nogironligi bor ayollar uchun “Saxovat” uyida yaratilgan barcha shart–sharoitlarni o‘rgandilar. Davlatimiz g`amxo`rligidan bahramand bo`lib kelayotgan ulug` yoshdagi insonlar bilan talaba yoshlar dildan muloqotda bo`ldilar va ularning oltindanda qimmatli duolarini oldilar. Universitetimiz ma’muriyati hamda san’atshunoslik fakulteti talabalar tomonidan 50ga yaqin kitoblar esdalik sovg`alari sifatida ulashildi. Onajonlarimiz ko`rsatilgan e`tibor va e`zoz uchun o`z minnatdorlik so`zlarini izhor qildilar.
“Saxovat” uyidagi shart-sharoitlar qoniqarli darajada. Mazkur muassasada bugungi kunda 335 nafar ayollar istiqomat qilib kelishmoqda. Ularning oziq-ovqati va kiyim-kechak ta’minoti borasida barcha yetarli sharoitlar yaratib berilgan. Ayollarning salomatligini mustahkamlash maqsadida shifokor va hamshiralar ham faoliyati yo’lga qo’yilgan. “Saxovat” uyi direktori Matlyubaxon Toshtemirova universitet tashrifidan xursand bo’lib, o’z minaddorchiligini bildirdi. Bunday e`tibor o`z navbatida nogironligi bor imkoniyati cheklangan ayollarni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI