Andijon Davlat
Universiteti
ILMIY TADQIQOTCHILAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI
2021-05-27    903

Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash, ilmiy tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlash hamda ularni qiynayotgan muammolarni o’rganish kerakli tavsiyalarni berish maqsadida bugun, 27-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Ahmadbek Tadjiyevich ishtirokida uchrashuv o’tkazildi.


Uchrashuvda universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori B.Rasulov, universitetda faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy kengash raislari, doktarantlar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Uchrashuvda Ahmadbek Yusupov oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo’yicha ma’lumotlar berib,  dissertatsiya ishlariga hamda falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajalari va ilmiy unvonlar talabgorlariga talablarni tushuntirdi, bu borada tadqiqotchilarni qiynab kelayotgan muammolar, ilmiy izlanishlar davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan sun’iy to’siqlar haqida tadqiqotchilar fikrlarini tingladi.

O’z navbatida, universitetimiz doktarantlari ham o’zlarining ilmiy tadqiqot ishlari haqida OAK raisiga ma’lumot berib, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilashga doir o’z takliflarini va qiziqtirgan savollarini berib, kerakli ma’lmuotlarga ega bo’ldilar.

Savol-javob tarzida o’tgan ushbu uchrashuv so’ngida, tadqiqotchilar avtorefaratlarini ham ko’rsatib, Ahmadbek Yusupovdan kerakli tavsiyalarni oldilar.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.