Andijon Davlat
Universiteti
SIZNING FIKRINGIZ MUHIM: U-REPORTDAN NAVBATDAGI TARG’IBOT TADBIRI
2021-05-25    683

Ma’lumki, “Yuksalish” umummilliy harakati UNICEF vakolatxonasi bilan birgalikda hududlarda yoshlar ishtirokida “U-Report” innovatsion raqamli global platformasi imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv va taqdimotlarni o‘tkazib kelmoqda.

Ana shunday taqdimotlardan biri bugun 25-may kuni Andijon davlat universitetida  o‘tkazildi. Ushbu taqdimotda “U-Report” innovatsion raqamli global platformasi asoschisi Jamilya Nurjanova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Baxtiyor Rasulov, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani Talantbek Madumarov, “Yuksalish” umummilliy harakati xududiy bo’linmasi vakili Diyorbek Turg’unov, Valantyorlar jamoasi sardori Alisher Asrorov va 60 ga yaqin talaba yoshlar ishtirok etdi.

Taqdimotchilar ushbu interfaol vosita yigit-qizlarning dolzarb masalalar, tashabbuslar haqidagi fikrlarini o‘rganishga va shu orqali ularning qarorlar qabul qilish jarayoniga, yoshlar va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yanada hamkorligiga xizmat qilishini, “U-Report” platformasi xizmatlaridan dunyoning ellikka yaqin mamlakatida foydalanib kelayotganini e’tirof etdilar.

Ushbu innovatsion raqamli global platformasi imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuvda talabalarning qiziqtirayotgan dolzarb masalalar, tashabbuslar haqidagi fikrlar almashildi va bundan tashqari viktorina tarzida o‘yinlar tashkil etilib tashkilotchilar tomonidan faol talabalarga sovg‘alar taqdim etildi.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.