Andijon Davlat
Universiteti
MAKTABLARDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” JARANGLADI
2021-05-25    1127

Bugun 25-may respublikamizning barcha maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda universitetimiz professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar. Jumladan, Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani N.To‘xtaboyev Andijon shahridagi 6-umumta’lim maktabida, filologiya fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi, filologiya fanlar bo'yicha falsafa doktori, Kamoliddin Shaxobov hamda filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Abduhalim Ergashevlar Asaka tumanidagi 50-umumta’lim maktabida, Jismoniy madanioyat fakulteti dekani Z.Jumaqulov Andijon shahridagi 35-DIMIda, Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi esa Andijon shahridagi 32-umumtaʼlim maktabida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdilar.

Barcha tadbirlarda ishtirok etgan universitetimiz professor-o‘qituvchilari maktab bitiruvchilarini yangi hayotga qadam qo’yayotgani bilan samimiy tabriklab, ta’limning keyingi bosqichida barcha bitiruvchilar omad va zafarlar tiladilar. Shuningdek, kuni kecha ilk bor O’zbekiston Respublikasi Prezidentining barcha maktab bitiruvchilariga yo’llagan tabrigini yetkazib, kelgusida prezidentimiz ta’kidlagandek vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shuvchi Beruniy, Avloniy, Ibn Sinolardek yetuk shaxs bo’lishlariga ishonch bildirdilar.

Tadbir so’ngida maktabda sport, sanʼat va madaniyat, ilmiy yutuqlarga erishgan oʻquvchilarga o‘zlarining estalik sovg’alarini topshirdilar.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.