Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI
2021-05-25    629

Joriy yilning 22-may kuni Xorvatiya Respublikasida rus adabiyotining yorqin vakili A.S.Pushkin tavallud kuniga (6 iyun) bag‘ishlab xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Bu yil ikkinchi bor o‘tkazilayotgan xalqaro olimpiadada Yevopa, Afrika hamda Osiyoning jami 15 mamlakatidan 76 nafar nafar talaba ishtirok etdi. Ushbu olimpiadada bizning universitetimiz talabalari ham munosib ishtirok etdi va faxrli o'rinlarni egalladi.

Olimpiada «Rus tili va madaniyati kunlari» doirasida, xamda rus adabiyotining yorqin vakili A.S.Pushkin tavallud kuni arafasida bo‘lib o‘tdi. Bu Xorvatiyada tashkil qilingan yagona rus tili olimpiadasi va ushbu olimpiadaning tashabbuskori Xorvatiya rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari assotsiatsiyasi (HAPRYaL) raisi va “Pushkin institute” rus tili va madaniyati markazi rahbari Irena Mikulasodir.

Epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda olimpiada ZOOM platformasida videokonferensiya rejimida o‘tkazildi. Abxaziya, Armaniston, Benin, Bosniya va Gersegovina, Vetnam, Gruziya, Donesk Xalq Respublikasi, Laos Xalq Demokratik Respublikasi, Yaman, Qozog‘iston, Madagaskar, Mongoliya, O‘zbekiston, Xorvatiya va Chernogoriya kabi 15 mamlakatdan finalchilar qatnashdi. Ishtirokchilar uchta toifaga va to‘rt guruhga bo‘lingan - rus tilini boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajadagi bilim darajasi. Hammasi bo‘lib tashkilotchilarga 71 ta murojaat kelib tushdi.

Finalda 32 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida universitetimizning 2 nafar talabasi ham final bosqichida ichtirok etdi va Advanced Russian (C1) toifasida Kasimov Ilnur Ravilevich faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etgan talabamiz Arslanbekova Oydin Sultonbek qizi esa olimpiadaning 2 o’riniga loyiq deb topildi.

Ushbu talabalarimizni va ularga ta’lim bergan ustozlarini ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!

Eslatib o‘tamiz, ushbu olimpiada g‘oliblari Rossiyada amaliyotni o‘tash yoki Rossiyaning istalgan universitetida o‘qish uchun stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi (gap qisqa muddatli ta’lim dasturlari, til kurslari, yozgi va qishki maktablar haqida ketmoqda). Barcha ishtirokchilarga rus tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi sertifikati berildi.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.