Andijon Davlat
Universiteti
LAZIZBEK YUNUSOV DISSERTATSIYA ISHINI MUVAFFAQIYAT BILAN HIMOYA QILDI
2021-05-25    920

Bugun, odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi tayanch doktoranti Yunusov Lazizbek Sodiqjonovich Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Phd.03/30.12.2019.B.76.01 raqamli ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha o‘simlik alkoloidlarining biologik faolligi tahlili asosida farmokologik preparatlar ishlab chiqish istiqbollari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.

Tadqiqotchi rasmiy apponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi.

Muhokamadan soʻng, ovoz berish jarayoni boshlandi. Kengash aʼzolarining bergan ovozlari natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100 foiz maʼqullandi va Yunusov Lazizbek Sodiqjonovich Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasi berish uchun loyiq deb topildi.

Lazizbek Yunusovni ushbu yuksak zafar bilan qutlaymiz hamda kelajakda oʻz yoʻnalishida koʻplab ilmiy yutuqlarga erishishini tilab qolamiz!

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.