Bu yil respublika maqom sanʼati yoʻnalishida ulkan voqea Yunus Rajabiy nomidagi birinchi respublika maqom ijrochilarining koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli tanlovda Andijon davlat universiteti sanʼatshunoslik fakultetining 1-bosqich talabasi Nuriddin Samandarov ham munosib ishtirok etdi.
Uch bosqichdan iborat tanlovning gʻijjak sozi ijrochiligi yoʻnalishida talabamiz faxrli 2-oʻrinni egallab, Andijon cholgʻu sanʼati maktabining bugungi kun vakillari nimalarga qodir ekanligini isbotlay oldi. Tantanali taqdirlov marosimida hakamlar hayʼati raisi, Oʻzbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov Nuriddin haqida iliq fikrlarni bildirdi. Hususan, yosh ijrochining Oʻzbekiston xalq artisti, ADU professori, ustoz sanʼatkor, barcha sanʼatkorlarning “Usta”si Gʻulomjon Hojiqulovning eng kenja shogirdi sifatida ustoz oʻgitlaridan olgan saboqlarini oqlay olganligini eʼtirof etib oʻtdi.
Yosh ijrochi talabamiz Nuriddin Samandarovni hamda uning ustozlarini universitet jamoasi nomidan muborakbod etamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI