Andijon Davlat
Universiteti
TALABALAR "MA'RIFAT MAYDONI"DA BELLASHDILAR
2021-05-17    708

Talabalar-yoshlar o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi 2021-yilning 17-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida o‘tkazildi.

Tanlovda Pedagogika  fakultetining “Adabiyot sarchashmalari”, Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining “Ma’rifat”, Maktabgacha ta’lim fakultetining “Ma’rifat shaydolari” hamda filologiya fakultetining “Ziyokorlar” jamoalari ishtirok etdilar.

 Jamoalar 3 ta shart asosida bellashdilar. Jamoalarni harhhart bo’yicha chiqishlarini universitetning tajribali ustozlaridan iborat hakamlar hay’ati baholab bordi.

O‘ziga xos qizg‘in baxs va munozaralarga boy tarzda o‘tgan tanlovda, 24 ball to‘plagan holda 1-o‘rinni filologiya fakultetining “Ziyokorlar” jamoasi egallagan bo’lsa, 2-o‘rinni Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining “Ma’rifat” va Pedagogika  fakultetining “Adabiyot sarchashmalari” jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.