Andijon Davlat
Universiteti
YOSHLARNING INNOVATSION G’OYALARI KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI
2021-05-21    597

Xabaringiz bor, Joriy yilning 20-22 may kunlari Andijon viloyatida “Andijon yoshlar forumi” o‘tkazilmoqda. Ushbu forumda respublikamizning barcha xududlaridan tashrif buyurgan faol yoshlar ishtirok etmoqdalar.

Bugun 21-may kuni ushbu forum doirasida Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Unda viloyatimizdagi 5 ta oliy ta’lim muassasalaridan 50dan ortiq yoshlarning innovatsion loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rgazmada Andijon davlat universitetining 10 nafar talabasi ham o‘zlarining fan, ta’lim qishloq xo’jaligi, qayta tiklanuvchi va muqobil energiya olishga oid innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdi.

Andijon yoshlar forumidan ma’lumotlar berib borishda davom etamiz  

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.